O‘zDJTUda «My First President» kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
7 sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida mustaqil O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti xotirasiga bag‘ishlangan «My First President» nomli kitobning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda jamg‘armaning Facebook sahifasida ma'lum qilindi.
Mazkur risolada O‘zbekiston Birinchi Prezidenti xotirasiga bag‘ishlab yozilgan insholar tanlovi g‘oliblarining insholari to‘plangan. Ushbu tanlov Oliy va o‘rta maxsus ta'lim yurtlari talabalari orasida o‘tkazilgan bo‘lib, ishtirokchilar o‘z yozma ishlarini ingliz tilida taqdim etgan edilar.

Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi tomonidan Islom Karimov nomidagi Fond bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda O‘zbekistonning barcha hududlaridan 1400 nafarga yaqin oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalari talabalari ishtirok etdilar. Ulardan 36 nafar talabalar yozma ishlari hakamlar hay'ati qaroriga binoan, eng yaxshi yozilgan insho deb topildi.
Islom Karimov nomidagi Fond 4 nafar g‘olibni Apple Ipad plansheti, qolgan 32 nafar ishtirokchini esa elektron kitoblar bilan taqdirladi.







Mavzuga oid

12:25 / 30.01.2025
Foto: Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi

19:55 / 18.01.2025
“Uchinchi shaxslar aralashuvi” – millionlab o‘zbekistonliklar Angliyada ishlash uchun ariza topshirgan tanlov bekor qilindi

16:01 / 05.11.2024
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti talabgorlarini tanlash tartibi belgilandi

19:41 / 30.10.2024