Foto: Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi
Marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident administratsiyasi va hukumat vakillari, ziyolilar va shahar jamoatchiligi ham qatnashdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev 30 yanvar kuni Toshkent shahridagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi, deya xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
Marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident administratsiyasi va hukumat vakillari, ziyolilar, shahar jamoatchiligi qatnashdi.
«Bu el-yurtga xizmat unutilmasligi, hamisha e’zozlanishidan dalolat», — deyiladi xabarda.
Davlat rahbari matbuot xizmatining qayd etishicha, Shavkat Mirziyoyevning e’tibori bilan birinchi prezidentning xotirasi abadiylashtirildi, u tavallud topgan 30 yanvar har yili nishonlanadigan bo‘ldi. Toshkentda ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi tashkil etildi. Samarqandga tashriflar chog‘ida Islom Karimov maqbarasini ziyorat qilish an’anaga aylandi.
«Bu keyingi avlodlar uchun ham ibrat va namunadir. Marosimda ana shunday ehtirom va birdamlik namoyon bo‘ldi», — deyiladi xabarda.
Tadbir davomida Qur’on oyatlari o‘qilib, duo qilindi. Birinchi prezidentning xalq manfaati yo‘lida qilgan ishlari, fazilatlari yodga olindi.
Shunday tadbirlar Samarqand va Qarshi shaharlarida ham o‘tkazildi.
Mavzuga oid

20:14
Shavkat Mirziyoyev 11 mart kuni davlat tashrifi bilan Fransiyaga boradi

21:18 / 07.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Tadbirkor ayollar kengashini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi

20:41 / 07.03.2025
Har yili kamida 200 nafar qiz dunyoning nufuzli oliygohlariga o‘qishga yuboriladi

20:29 / 07.03.2025