«Oskar» sovrindori Myurrey Lerner hayotdan ko‘z yumdi

«Oskar» mukofoti sovrindori, hujjatli filmlar rejissyori Myurrey Lerner hayotdan ko‘z yumdi. Variety shu haqida xabar berdi.
Lerner 90 yoshda o‘zining Nyu-Yorkdagi uyida vafot etdi. O‘lim sababi sifatida buyraklar sohasidagi muammolar keltirilgan.
Myurrey Lerner musiqiy kartinalari bilan mashhur. U Bob Dilan, Jimi Xendriks, The Doors guruhining chiqishlarini tasvirga olgan.
Rejissyor «Maodan Motsartgacha: Isaak Stern Xitoyda» filmi uchun nufuzli «Oskar» mukofotini qo‘lga kiritgan.
Lernerning do‘sti va prodyuser Martin Lyuis uni "zamonamizning eng yetuk musiqiy hujjatli filmlar yaratuvchisi" sifatida e'tirof etdi.
Mavzuga oid

10:08 / 17.01.2025
Amerikalik rejissyor Devid Linch vafot etdi

16:36 / 30.12.2024
Hindistonda havo ifloslanishi millionlab odamlarning o‘limiga sabab bo‘lmoqda

08:11 / 14.12.2024
Kanadada har yigirmanchi o‘limga evtanaziya sabab bo‘lmoqda

18:47 / 04.12.2024