Shahram G‘iyosov ham finalda!
Germaniyaning Hamburg shahrida o‘tayotgan AIBA shafeligi ostidagi har ikki yilda bir marta tashkillashtiriladigan boks bo‘yicha jahon chempionatining yarimfinal uchrashuvlari ikkinchi kuni boshlandi.
52 kg.gacha bo‘lgan yarimfinal janglarida hamyurtimiz Jasurbek Latipov janubiy koreyalik Kim In-Kyuga qarshi ringga ko‘tarildi va 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, finalga yo‘l olganini xabar bergan edik.
69 kg.ga bo‘lgan vazn toifasida yarimfinal uchrashuvida Shahram G‘iyosov qozog‘istonlik Ablayxan Jussupovga qarshi ringga chiqdi. Shahramning to‘liq ustunligi ostida o‘tgan jang uning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Shahram ertaga ikkinchi yarimfinal juftligi — Abbas Barau (Germaniya) - Roinel Iglesias (Kuba) g‘olibi bilan final jangida ringga ko‘tariladi.
Bugun bizni Bektemir Meliqo‘ziyev ishtirokida yana bir jang kutib turibdi:
81 kg. Yarimfinal. 1 sentabr. 22:45
Bektemir Meliqo‘ziyev (O‘zbekiston) - Joi Uord (Irlandiya)
Narigi juftlik:
Xulio Sezar La Kruz (Kuba) - Karlos Andres Mina (Ekvador)
Mavzuga oid

17:43
Muhammad Ali uchun o‘ch: Taysonning tarixiy jangi haqida

20:44 / 09.03.2025
Hamburg aeroporti ish tashlashlar sabab butunlay faoliyatini to‘xtatib qo‘ydi

12:39 / 06.02.2025
Jalolovning Spilmondga qarshi jangi bekor bo‘ldi

10:57 / 17.01.2025