Jonni Depp: "Qachon oxirgi marta aktyor prezident joniga suiqasd qilgandi?"

Foto: Getty Images
Amerikalik aktyor Jonni Depp AQSh prezidenti Donald Trampning Buyuk Britaniyaga tashrifi respublikachi hayotining so‘nggi lahzalari bo‘lishi mumkinligini aytib hazillashdi. U Glanstonberidagi musiqiy festivalda so‘zlagan nutqida shunday fikr bildirdi. 23 iyun kuni The Guardian shu haqidagi xabari bilan bo‘lishdi.
"Qachon oxirgi marta aktyor prezident hayotiga suiqasd qilgandi?" - deya savol bilan yuzlandi Depp yig‘ilganlarga. Depp uning o‘zi aktyor emasligiga aniqlik kiritdi: "Men aldayman va shuning ketidan yashash uchun pul topaman. Shunday bo‘lsa-da, prezidentning o‘limi anchadan beri kuzatilmagan edi, ehtimol ayni vaqtidir?", - dedi "qaroqchi".
"Bu shunchaki savol. Men hech narsaga sha'ma qilayotganim yo‘q. Aytgancha, bu gaplarim OAVda chop etiladi va bu dahshat, albatta", - deya ta'kidladi Depp.
Nashrda qayd etilishicha, 1865 yilda AQShning 16-prezidenti Avraam Linkolnni amerikalik aktyor Jon Uilks But o‘ldirgan. U spektakl vaqtida davlat rahbarining boshiga qarata o‘q uzgan.
Bundan avval Tramp haqida keskin fikr bildirgan aktyorlar orasida Robert De Niro nomini yodga olish mumkin. 2016 yilning noyabrida u respublikachining yuziga zarba berish haqida orzu qilishini aytgan. Keyinroq u bu shashtidan qaytganini aytgan.
Jonni Depp "Karib dengizi qaroqchilari" franshizasi hamda "Yig‘loqi", "Murda", "Donni Brasko", "Arizona orzusi", "Las-Vegasdagi qo‘rquv va nafrat", "Qora messa" kabi filmlarda bosh rollarni ijro etgan.
Mavzuga oid

17:12 / 11.02.2025
Kennediga suiqasd ishi bo‘yicha 2400 ga yaqin yangi hujjat topildi

09:13 / 09.02.2025
Tramp AQSh Maxfiy xizmatidan o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lganlar haqida ma’lumot so‘radi

23:17 / 28.01.2025
NATO Rossiya Rheinmetall kompaniyasi rahbariga suiqasd uyushtirishni rejalashtirganini tasdiqladi

11:42 / 29.12.2024