Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bu O‘zbekiston sud-huquq tizimiga hurmatsizlik va suverenitetini inkor qilish demakdir
O‘zbekistonlik amaldorlar Komil Allamjonov va Dmitriy Liga ikki chechen suiqasdga uringanidan xabar topdik. Bu voqelik oshkor bo‘lishi ortidan Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zbekistonlik amaldorlarga ular «chechen an’analariga ko‘ra javob berishi»ni aytib tahdid qildi. Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov Kun.uzʼdagi kolonkasida Ramzan Qodirov suveren O‘zbekistonning ichki ishlariga aralashishdan tiyilishi kerakligi haqida so‘z yuritadi.

O‘tayotgan 2024 yilning jiddiy voqealaridan biri bu – Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti sobiq rahbari Komil Allamjonovga suiqasd bo‘ldi. Ma’lumki, O‘zbekiston Bosh prokuraturasi shu ish bilan bog‘liq ikki chechen shaxsni halqaro qidiruvga berdi. Bular Bislan Rasayev va Shamil Temirxanov. Bu shaxslarga nisbatan, qonunga xilof ravishda O‘zbekistonga kirish va chiqish, jinoyat haqida xabar bermaslik va o‘qotar qurolning qonunga xilof muomalasi moddalari bilan ayblov e’lon qilinib, qidiruvga berilgan.
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining Telegram-kanalida ushbu suiqasd bo‘yicha yana bayonot bilan chiqdi. Bu – Qodirovning birinchi bayonoti emas. Biron bir tergov ishiga munosabat huquqiy bo‘lishi mumkin yoki siyosiy. Bayonot orqali tergov jarayoniga oid ma’lumotlar berilishi mumkin yoki aksincha.
Ramzan Qodirov agar uning huquqiy ongi yetarli bo‘lganida edi, bunday deyishi kerak edi: “Biz O‘zbekistonning huquq-tartibot tizimi xolis bo‘lishiga umid qilamiz va ishonamiz. O‘zimiz tomondan O‘zbekiston huquq-tartibot tizimi bilan hamkorlikka tayyormiz. Qidiruvga berilgan chechenistonlik shaxslarni ushlab, O‘zbekistonga topshirishga harakat qilamiz. Yoki Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi doirasida O‘zbekiston huquq-tartibot tizimi bilan hamkorlik qilishga to‘liq tayyormiz”, deyilsa, bu sovuqqon, vazmin va huquqiy pozitsiya bo‘lar edi.
Lekin o‘zining chiqishida, Ramzan Qodirov ikki chechen fuqarosi haqida hech narsa demagan. Xuddiki, bu shaxslar umuman bu tergov ishida yo‘qdek.
Aksincha, Qodirovning bayonoti o‘ta siyosiy va ehtirosli. U bir betlik matnda “rangli inqiloblar”, “G‘arb matbuoti”, “axborot zarbalari” haqida yozadi. U o‘zining bayonotida hattoki huquq-tartibot tizimiga, tergov jarayonlariga shubha bildirib, ularning ustidan tekshiruv o‘tkazish kerakligini yozadi. Bunday deyish uchun esa Qodirovda huquqiy asoslar yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas. Huquqiy asos bo‘lishi uchun u malakali huquqiy ekspertiza o‘tkazgan bo‘lishi kerak edi.
Qodirovning gaplaridan xulosa chiqadiki, xuddi O‘zbekiston davlatchiligi juda zaif, davlat rahbarlari himoyaga muhtoj, huquq-tartibot tizimi esa mutlaq layoqatsiz va zaif.
Qodirovning mantig‘iga qarang: “bu suiqasdni men qilganim yo‘q, agar qilganimda, amalga oshgan bo‘lar edi”. Bu bilan Qodirov “biz bunaqa ishlar bilan shug‘ullanmaymiz” demayapti, aksincha, “biz professionallarmiz, bunaqa ishlarni katta mahorat bilan amalga oshiramiz. Bu muvaffaqiyatsizlik bo‘lar ekan, demak biz emas”, demoqda. Ya’ni Qodirov o‘zining bu bayonoti bilan “bunday ishlarga aralashmaymiz”, demayapti, balki “aynan mana shu ishga aloqam yo‘q”, demoqchi bo‘lyapti. Qiziq mantiq.
Qolaversa, Ramzan Qodirov o‘zining bayonoti oxirida Allamjonov va Liga ochiqdan ochiq tahdid qiladi. Bu tahdid bilan u O‘zbekiston suveren davlat ekanini, uning fuqarolari O‘zbekiston himoyasida ekanini inkor etadi. Qolaversa, “chechen an’anasiga ko‘ra” javob bo‘lishi, ya’ni suiqasd tahdidini bildiradi. O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, har qanday O‘zbekiston fuqarosini o‘ldirish bilan tahdid qilish – eng oliy jinoyat hisoblanadi.
Ramzan Qodirov o‘zini oqlashga urinmoqda, lekin uning aytayotgan gaplari – uning jinoyatga moyil ekanini tasdiqlab bermoqda xolos. Ramzan Qodirov O‘zbekiston ichki ishlariga aralashishdan tiyilishi kerak va O‘zbekiston davlati va xalqidan noo‘rin bayonotlari uchun uzr so‘rashi kerak bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa
Jahon | 23:38 / 12.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21 / 12.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41 / 12.07.2025
Mavzuga oid

08:26 / 01.07.2025
Chechenistonda 17 yoshli Adam Qodirovning to‘yi nishonlandi. Aynan u otasining ehtimoliy vorisi sifatida ko‘riladi

22:06 / 23.06.2025
Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining yangi rahbari Saida Mirziyoyevaga jamoatchilik asosida mustaqil maslahatchi sifatida tayinlandi

20:04 / 08.05.2025
Putin Ramzan Qodirovning iste’foga chiqishiga ruxsat bermadi

11:42 / 07.05.2025