Ramzan Qodirov iste’fo so‘rashi haqida gapirib, keyin «uni noto‘g‘ri tushunishgani»ni aytdi
Ramzan Qodirov internetning o‘zbek foydalanuvchilari orasida juda mashhur shaxs. Shu bois uning atrofidagi navbatdagi voqeaga e’tibor qaratamiz. Bugun navbatdagi marta Qodirov ishdan ketarkan degan gap chiqdi. Farqi shundaki, bu gal shunchaki odatiy mish-mish emas, iste’fo haqida Qodirovning o‘zi gapirdi.

«Iste’fo so‘rayman»
Oldindan aytib qo‘yay, Ramzan Qodirov o‘z kanalida selfi video ikki milliondan ortiq o‘quvchilariga men iste’foga chiqyapman, deb aytgani yo‘q. Bunaqa demasa ham kerak. Lekin Qodirov chindan iste’foga chiqishni so‘ragani haqida gapirdi.
Oxirgi kunlarda Ramzan Qodirov haqida turli mish-mishlar tarqalgan, Rossiyadagi mustaqil nashrlar Checheniston rahbari kasalxonada tunab qolayotgani haqida yozgandi. Shu gaplar fonida Checheniston davlat nashrlarida Qodirovning gaplari e’lon qilindi. «Chechnya segodnya» nashrining yozishicha, «G‘alaba daraxti» aksiyasida qatnashgan Qodirov jurnalistlarning mish-mishlar haqidagi savoliga javob bergan.
«Men ham eshitdim, har xil gaplar yozishyapti. Qaytanga men vazifamdan ozod qilishlarini so‘rayman. Boshqa odamda boshqacha tashabbuslar, o‘z qarashi bo‘ladi. Umid qilaman, mening so‘rovimni qabul qilishadi», deb Qodirovning so‘zlarini keltirgan chechen davlat nashri.
Shuningdek, postda Qodirov Vladimir Putindan qanday maslahat olgani ham yozilgan. Checheniston rahbarining aytishicha, Putin unga jahli chiqqanda yotib uxlashni maslahat bergan. «Men shunday qilaman va hammasi yaxshi bo‘ladi», degan Qodirov.
Navbatdagi mish-mishlar
Ramzan Qodirov bejizga bu gaplarni aytib chiqmadi. Kuni kecha Checheniston haqida xabarlarni faol yorituvchi «Novaya gazeta. Yevropa» nashri Checheniston rahbari oxirgi vaqtlarda Grozniydagi «Aymed» klinikasida tunab qolishni odat qilgani, Grozniydan tashqaridagi uzoqroq masofaga maxsus tibbiy vertolyotda borayotgani, Qodirovga oshqozonosti bezi nekrozi tashxisi qo‘yilgani haqida yozdi. Shuningdek, nashr oxirgi vaqtlarda Chechenistondagi odatda Qodirov qatnashadigan tadbirlarda hukumat rahbari Magomed Daudov ishtirok etayotganiga e’tibor qaratgan.
«Meni noto‘g‘ri tushunishdi»
Biroq Ramzan Qodirov iste’foga chiqarkan, bu haqda o‘zi aytibdi, degan muhokamalar bir kunga ham cho‘zilmadi. Checheniston rahbari kechga borib ikki milliondan ortiq o‘quvchisi bor kanalida uni boshqacha tushunishgani haqida post yozdi.
«Ko‘pchilik mening iste’fo haqidagi gaplarim ma’nosini tushunmabdi. Checheniston rahbari vazifasida ishlash-ishlamaslikni men hal qilmayman. Ha, men so‘rashim yoki taklif qilishim mumkin, lekin bu borada qarorni faqat bir kishi – oliy bosh qo‘mondon Vladimir Putin qabul qiladilar. Men askarman, buyruq bo‘ldimi – bajaraman», deb yozdi Qodirov o‘z kanalida.
Checheniston rahbari postga video ham ilova qildi. Unda Qodirov turli uchrashuvlarda Putin bilan quchoqlashgani aks etgan. Videoda Qodirovning o‘g‘illari Putin bilan uchrashgani ko‘ringan kadrlar e’tiborni tortadi. Oxirgi vaqtlarda Ramzan Qodirov 17 yoshli o‘g‘li Adamni o‘zining siyosiy vorisi sifatida qarayotgani haqida gaplar ko‘paygan. Qodirov bu o‘g‘liga o‘z qo‘riqlash xizmati rahbarligi vazifasini ham ishonib topshirgan.
Biz voqealar rivojini kuzatib boramiz. Muhim nimadir sodir bo‘lsa, albatta, sizga xabar beramiz. Kun.uz'dan uzoqlashmang.
O‘tkir Jalolxonov tayyorladi.
Tasvirchi va montaj ustasi – Faxriddin Hotamov.
Tavsiya etamiz
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda
Jahon | 15:19 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10 / 06.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Stradivarining Ikkinchi jahon urushi vaqtida o‘g‘irlangan skripkasi Tokiodan topildi
Jahon | 01:59
-
Toshkentda 19 yoshli qiz harakatdagi Nexiaʼdan sakrab tushib qoldi
Jamiyat | 23:41 / 07.07.2025
-
Tramp 1 avgustdan Janubiy Koreya va Yaponiya tovarlariga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi
Jahon | 23:21 / 07.07.2025
-
Toshkentda bog‘da odamlardan pul yig‘ib kelgan yigitlar ushlandi, O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:14 / 07.07.2025
Mavzuga oid

08:26 / 01.07.2025
Chechenistonda 17 yoshli Adam Qodirovning to‘yi nishonlandi. Aynan u otasining ehtimoliy vorisi sifatida ko‘riladi

20:04 / 08.05.2025
Putin Ramzan Qodirovning iste’foga chiqishiga ruxsat bermadi

08:29 / 09.04.2025
Adam Qodirovga «maxsus harbiy operatsiya»dagi hissasi uchun jangovar mukofot topshirildi

12:28 / 28.03.2025