Xamesga 6 klub qiziqmoqda, ammo uning uchun talab etilayotgan pulni to‘lashga tayyor jamoa topilmayapti

«Real» yozgi transferlar vaqtida Xames Rodrigesni sotmoqchi.
Madridliklar klubi prezidenti Florentino Peres 25 yoshli ushbu kolumbiyalik futbolchini tarkibda saqlab qolmoqchi bo‘lgan, ammo futbolchi jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidanning rejalariga kirmagan.
El Confidencial tarqatgan xabarga ko‘ra, «Manchester Yunayted» 50 million yevro, «Inter» – 40 million yevro taklif etmoqda. Futbolchining manfaatlarini himoya qiluvchi agent Jorjye Mendesh uni sotib olishni «PSJ»ga taklif etmoqda, ammo parijliklar avvaliga Anxel Di Mariya va Haver Pastorening taqdiriga oydinlik kiritib olishni istamoqda.
Xamesga «Arsenal», «Tottenhem» va«Liverpul» jamoalaridan ham qiziqishlar mavjud, ammo ular Madrid klubi so‘rayotgan 75 million yevroni to‘lamoqchi emas.
Mavzuga oid

13:53 / 10.03.2025
«Real» «Barsa»ga yetib oldi, «Roma»da g‘alabali seriya. Kun o‘yinlari

12:16 / 05.03.2025
Madrid derbisida shedevr gollar, «Arsenal»da rekord hisob. YeChLda kun o‘yinlari

12:30 / 02.03.2025
«Real»da sensatsion mag‘lubiyat, «Siti» kubok yutmoqchi. Kun o‘yinlari

12:56 / 24.02.2025