Google'da personal qidiruv funksiyasi paydo bo‘ldi
Yangi filtr sizning Google Photos, Gmail va boshqa Google ilovalaringiz bo‘yicha qidiruv natijalarini ko‘rsatadi. "Layfxaker" shu haqida xabar berdi.
Bu qanday amalga oshadi: deylik, siz biror bir kiyim izlayapsiz, Google Photos bo‘limingizda shunday libos suratlari bo‘lsa, qidiruv sizga shu suratlarni ham taqdim etadi. Shaxsiy materiallar umumiy suratlardan oldin, qidiruv tizimining old qatorlarida paydo bo‘ladi. View all Google Photos results'ga bosib, sizda ushbu mavzu bo‘yicha qanday suratlar borligini ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Yangi funksiyadan foydalanish uchun qidiruv satri ostidagi brauzerda "Yana" tugmasini izlang va undagi "Personal qidiruv"ni bosing. Bunday funksiya yangiliklar, rasmlar va videolar bilan bir qatorda paydo bo‘ladi.
Google'ning shaxsiy materiallaringizdan topgan suratlari faqat o‘zingizga ko‘rinadi. Bu ma'lumot qolganlarga ko‘rinmaydi.
Yangi filtrdan desktop va mobil brauzerlarda foydalanish mumkin, lekin u Google'ning Android ilovasida ko‘rinmaydi, chunki unda allaqachon qurilmalardagi kontentlarni topishga mo‘ljallangan "Ilovalarda" nomli bo‘lim bor.
Mavzuga oid

00:09 / 20.02.2025
Google Italiyaga soliq tergovini hal etish uchun 340 mln dollar to‘laydi

17:34 / 29.01.2025
Rossiya Googleʼga belgilagan jarimalar miqdori 2 duodetsillion rublga yaqinlashdi

20:19 / 28.01.2025
Google o‘z xaritalarida Meksika ko‘rfazi nomini Amerika ko‘rfaziga o‘zgartiradi

01:35 / 15.01.2025