Fiat Chrysler 1.25 milliondan ortiq avtomobillarini qaytarib oladi

Fan-texnika 13:27 / 13.05.2017 3950

Fiat Chrysler Automobiles kompaniyasi (FCHA.MI) 1.25 mlndan ortiq pikap rusumli avtomobillarini dunyo bo‘yicha qaytarib olishini e'lon qildi. Bunga mashinalarning dasturiy ta'minotidagi xatolar sababli yuz bergan YTHda 1 kishining o‘lgani va 2 kishining jarohat olgani asos bo‘lgan. 

Xato kod yon tomonga o‘rnatilgan xavfsizlik yostiqchasining ishlamay qolishiga hamda notekis yo‘llarda harakatlanganda xavfsizlik kamari tutqichining ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi. 

Kompaniya chaqirib olinadigan modellarning kompyuter dasturiy ta'minotlarini qayta o‘rnatib beradi. 

Shunday qilib, AQShda 1.02 mln dona 2013-16 yillarda ishlab chiqarilgan Ram 1500 va 2500 pikaplari, 2014-2016 yillarda ishlab chiqarilgan Ram 3500 pikaplari qaytarib olinsa, Kanadada 216 ming 7ta; Meksikada 21 ming 668ta; 21 ming 530 tasi Shimoliy Amerikadan boshqa mamlakatlarda chaqirib olinadi. 

Fiat Chrysler ma'lumotlariga ko‘ra, bu jarayon shu yilning iyun oyida boshlanadi.  

Ko‘proq yangiliklar: