Galaxy S8 va S8 Plus uchun ko‘chma klaviatura ishlab chiqildi (foto+video)

Fan-texnika 23:38 / 12.05.2017 20881

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi Galaxy S8 va Galaxy S8 Plus flagmanlari uchun QWERTY-klaviatura bilan uyg‘unlashtirilgan Galaxy Keyboard himoya g‘ilofi ishlab chiqilgani haqida xabar berdi. Aksessuar smartfon yordamida katta matnlarni terish jarayonini soddalashtirishga mo‘ljallangan. 24 Gadjet shu haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi.

Klaviatura yoqilganda smartfon avtomatik ravishda aksessuarga ulanadi va interfeysni ekranning kichraygan maydoniga moslashtiradi. Afsuski, klaviaturaning o‘zini g‘ilofsiz ishlatib bo‘lmaydi. 

Klaviatura o‘z faoliyatida na akkumulyator, na simsiz Wi-Fi va Bluetooth modullarini qo‘llaydi. Shuning uchun aksessuarga ulanish smartfonning avtonom holatiga hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydi. Yangi qo‘llanma narxi - 59,99 dollar.

 

Suratlar manbasi: 24gadget

Ko‘proq yangiliklar: