Ilon Maskning Tesla kompaniyasi quyosh batareyalari o‘rnatilgan tomlarga buyurtmalar qabul qilishni boshladi. Shu munosabat bilan yangi mahsulot narxlarini e'lon qildi. Jurnalistlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘rtacha uyga shunday tomni o‘rnatish 50 ming dollarga aylanadi. Solar Roof tomlarini o‘rnatish ishlari AQShda shu yil yozidan boshlanadi. Xorijiy mamlakatlarga 2018 yildan yetkazib berish yo‘lga qo‘yiladi.
Modullar tashqi tomondan an'anaviy cherepitsa qoplamali tomlarga o‘xshab ketadi. U 4 xil namunada ishlab chiqariladi. Biroq ilk mijozlarga naqshli yoki xira shishali tomlar taklif etiladi. Toskan plastinalari va shiferli plitalari 2018 yil boshidan taqdim etiladi.
Kompaniyadagilarning ta'kidlashicha, kafolat uyning yaroqliligi davrigacha yoki muddatsiz, bu ikki holatdan qaysi biri birinchi yuz berishiga bog‘liqdir.
Tesla saytida e'lon qilingan baholar jadvaliga ko‘ra, o‘rtacha hajmdagi uy uchun quyosh panellarining bir fut kvadrati (0.09 metr kvadratga yaqin) 21,85 dollarga aylanadi. Tom narxiga kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan 14 kVtlik Powerwall 2 batareyasi narxi kiritilmagan. U yordamchi dasturiy ta'minotsiz 5,5 ming dollar turadi.
Bloomberg agentligi hisob-kitoblariga ko‘ra, 2 ming kvadrat fut maydondagi uy (185,8 kv.m) tomining 40 foizini faol quyosh plastinalari va zaxira generator bilan jihozlash soliqlarni hisoblamaganda 50 ming dollarni tashkil etadi. 30 yil mobaynida ishlab chiqilgan elektr energiyasi qiymati shu davr mobaynida elektr energiyasi narxi o‘zgarmaganda 64 ming dollar bo‘ladi.
Jurnalistlarning qayd etishlaricha, Solar Roof odatdagi tomga qaraganda qimmatdir. Ammo, an'anaviy quyosh panellari va zaxira batareyalari narxidan arzondir.