Quyosh batareyalarida uchadigan ilk samolyot Shveytsariyada sinovdan o‘tkazildi

Fan-texnika 10:48 / 11.05.2017 6080

Shveytsariyada ilk marta quyosh energiyasidan foydalanib, parvoz qila oladigan samolyot samoga ko‘tarildi — u 20 km balandlikdagi stratosferada parvoz qilishga mo‘ljallangan. The Engineer’ning yozishicha, sinov parvozi 5 may kuni o‘tkazilgan va 300 metr balandlikda 7 daqiqa davom etgan.

«Elektr va quyosh samolyotlari XXI asrning eng buyuk yutuqlaridan biri bo‘ladi. 25 km balandlikda parvoz qila oladigan bizning samolyotimiz elektr va quyosh aviatsiyasi sohasiga darcha ochadi», — dedi sinovchi-uchuvchi Rafael Domian.

Foto:  Engineer

Samolyotni ishlab chiqqanlarning so‘zlariga ko‘ra, Elektra-2 quyosh energiyasidan tortuvchi kuch sifatida foydalanuvchi ilk samolyot bo‘ladi. U 100 kg yukni 20 kilometr balandlikka olib chiqa oladi. Samolyotning o‘zi 420 kg yuk bosadi, bunday balandlikda turib, yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarga Internet signalini ham tarqata oladi.

Ko‘proq yangiliklar: