Germaniyada plastik butilkalardan turli konstruksiyalar, masalan, qayiq yoki mebel yasash yo‘lini o‘ylab topishdi. Yosh ishlab chiqaruvchilar kompyuter tizimida inson omiliga bag‘ishlangan konferensiyada noyob konstruktor va TrussFab dasturiy ta'minoti haqida so‘zlab berib, o‘zlarining Postdamda joylashgan X.Plattner nomidagi institutini yanada mashhur qilishdi.
Muhandislar bo‘lg‘usi obekt tuzilmasini hisoblab chiqib, hajm jihatidan to‘g‘ri keluvchi butilkalar hamda plastik xomashyo uchun zarur biriktiruv elementlarini tanlab beruvchi maxsus dasturni o‘ylab topishdi.
Tayyorgarlik jarayoni tugashi bilan TrussFab 3D-printer uchun maxsus axborot-fayllarini taqdim etadi. Shundan so‘ng butilkalar bilan jihozlanib, ularni yig‘ishga kirishish mumkin.
Germaniyalik muhandislar o‘z dasturi imkoniyatlarini namoyish qilish uchun ko‘prik, qayiq karkasi, stol va stullar, shuningdek ko‘chada o‘tirish uchun "gumbazli inshoot"ni yig‘ishdi. Barcha tuzilmalar oddiy plastik butilkalardan iborat.