BMW kompaniyasi 8-Series yangi kupesi paydo bo‘lishini tasdiqladi. Model prototipi 26 may kuni Concorso dʼEleganza Villa dʼEste ko‘rgazmasida namoyish etiladi. Bu haqda ishlab chiqaruvchi aksiyadorlari yig‘ilishi doirasida marka direktorlar kengashi raisi Xarald Kryuger ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi «sakkiztalik» «haqiqiy hashamatli sportkupe» bo‘ladi, shu bilan birga, bo‘lajak avtomobil haqida hech qanday tafsilotlar keltirilmagan. Shunisi ma'lumki, bunday mashina seriyada 2018 yilda paydo bo‘ladi.
Avvalroq ishlab chiqaruvchi 8-Series oilasi uchun bir necha savdo markalarini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Model 7-Series sedani kabi shassida quriladi. Nusxalar orasida nafaqat ikki eshikli kupe, balki kupesifat sedan va kabriolet ham bo‘ladi.
Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, barcha bo‘lajak «sakkiztalik»lar M-variantda to‘rt litrli V8 motoriga ega bo‘ladi, ot kuchi esa – 600 ga teng. Mashinalar soatiga yuz kilometr tezlikka to‘rt soniyada chiqishi mumkin.