Beeline’ning O‘zbekistondagi daromadi 2017 yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha 2016 yilning xuddi shu davri bilan taqqoslaganda 7 foizga pasaydi – 153 mln. dollar. Mobil xizmatlar bo‘yicha daromad 2017 yilning birinchi choragida 152 mln. dollarni tashkil etdi. 2015 yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 164 mln. dollarga teng bo‘lgan (-7 foiz). Kompaniya daromad tushishini o‘zbek so‘mi devalvatsiyasini bilan bog‘lagan, deb xabar tarqatdi Uzdaily.uz VEON kompaniyasi ma'lumotlariga asosan.
Hisobot davrida ma'lumotlar uzatish xizmatidan daromad 40 mln. dollarni tashkil etdi, bu 2015 yilning shu davri bilan solishtirganda 10 foizga ko‘proq.
2017 yilning birinchi choragida EBITDA ko‘rsatkichi (foizlar, soliqlar va amortizatsiyadan oldingi operatsion daromad) O‘zbekistonda 79 mln. dollarni tashkil etdi, bu 2016 yilning shu davri bilan taqqoslaganda 21 foizga kam.
Shu bilan birga, amaliyotlar marjinalligi 9,3 foiz punktiga pasaydi – 2017 yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha 52 foizgacha.
Beeline’ning O‘zbekistondagi abonentlik bazasi 2017 yilning yanvar-mart oylari yakuni bo‘yicha 9,5 mln. kishini tashkil etdi. Shu bilan birga, ma'lumotlar uzatish xizmatlaridan 4,6 mln. kishi foydalanadi.
2017 yilning uch oyi yakunlari bo‘yicha bir oyda bir abonent uchun mobil aloqa o‘rtacha qiymati 5,3 dollarni tashkil etdi.
MOU ko‘rsatkichi (bir abonentning oyda ishlatgan daqiqalar hajmi) – 2017 yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha 537 daqiqani tashkil etdi.