Samsung smartfonlar savdosi borasida Apple kompaniyasini ortda qoldirdi

Fan-texnika 17:45 / 10.05.2017 10074

Aprel oyining so‘nggi haftasida Samsung kompaniyasi ilg‘or smartfonlarining Rossiyadagi savdosi 54,9 foizni tashkil etgan, Apple kompaniyasi Rossiya mobil telefonlar bozorida 43,4 foiz ulushga ega bo‘lgan. GfK kompaniyasi ma'lumotlari shundan darak bermoqda.

Bir yil muqaddam, "Yevroset" kompaniyasi ma'lumotlariga ko‘ra, Galaxy S7 smartfoni sotilishi boshlanganida Samsung bozorda 41 foiz ulushga ega bo‘lgan. Apple ko‘rsatkichi 57 foizni tashkil etgan. 2015 yilda bu nisbat Apple foydasiga 74ga 24dan iborat bo‘lgan.

E'tiborli jihati shundaki, Samsung telefonlari savdosi Galaxy S8 va S8+ smartfonlari Rossiya bozorida paydo bo‘lmasdan avvalroq ko‘tarila boshlagan. Aprel oyi o‘rtalariga kelib, bu raqam 9 foizga oshgan, oy oxirida bu farq oz emas, ko‘p emas 35 foizni tashkil etgan. Apple savdo hajmi esa 24 foiz tushib ketgan. 

"Finama" firmasi tahlilchisi Timur Nigmatullinga ko‘ra, vaziyatni iqtisodiy sabablar bilan izohlash mumkin. 

“Rubl kursining mustahkamlanishi va kredit olish osonligi qimmat qurilmalarga bo‘lgan talabning oshishiga olib keldi”, — degan Nigmatullin "Kommersant" nashriga. 

Biroq, Mobile Research Group yetakchi tahlilchisi Eldor Murtazinning fikricha, bugungi kunda iPhone telefonlari Samsung mahsulotlariga deyarli har jabhada, qiymat va texnik tavsiflar borasida ham imkkoniyatni boy bermoqda. 

“Apple ulushi yildan-yilga kamayib bormoqda. Bu allaqachon trendga aylangan. Apple qurilmalari Samsung telefonlariga ko‘pgina texnik tavsiflari bo‘yicha yutqazmoqda. Qolaversa, foydalanuvchilar bir xil dizayndan zerikishdi”, — degan fikrni ilgari surmoqda Eldor Murtazin.

Uning fikricha, Apple yangi iPhone paydo bo‘lgunicha Samsung kompaniyasiga o‘rnini bo‘shatib beradi. 

Ko‘proq yangiliklar: