Bugun Microsoft odatga ko‘ra navbatdagi Build anjumanini o‘tkazadi. Unda kompaniya o‘zining Windows, Cortana, Bing va Office botlariga doir rejalari haqida batafsil ma'lumot berishi kutilmoqda. Tadbirda yangi qurilmalar ko‘rsatilmasa kerak (zero yangi Surface yaqindagina namoyish qilindi), asosiy e'tibor esa dasturiy ta'minotga qaratiladi.
Anjumanga bugun soat 22:00da start beriladi - Tech Mail.ru uni to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya qiladi. Hozircha esa, Microsoft nima namoyish qilishi mumkinligi borasidagi taxminlar bilan bo‘lishdi.
Windows'ning navbatdagi yangilanishi
Microsoft sentabr oyida Windows 10'ni yangilashni rejalashtirmoqda va ehtimol, bugun shu haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishar. Redstone 3 nomini olgan navbatdagi yangilanish vazifalar panelida kontaktlarni saqlash va sozlamalarining kengaytirilgan funksiyalarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek Microsoft bugun Project Neon hamda Windows 10 grafik interfeysidagi o‘zgarishlar haqida batafsil ma'lumot berishi kutilmoqda.
Ma'lumki, Microsoft korporatsiyasi Windows uchun ish stoli ilovalarini ARM mobil protsessorlari bilan qo‘llab-quvvatlashni ta'minlashni rejalashtirmoqda va ehtimol, bugun biz buning aniq sanasi haqidagi ma'lumotga ega bo‘larmiz. Qualcomm'da ta'kidlanishicha, Windows boshqaruvi ostida ishlovchi ARM chipsetli ilk noutbuklar 2017 yilning to‘rtinchi choragida paydo bo‘ladi, lekin ehtimol, Microsoft bugun bu kompyuterlar bilan aynan qanday Windows 10 ta'minlanishi haqida aytar.
Cortana kolonkalari
Microsoft shu haftada ovozli assistentli Cortana ot Harman Kardon kolonkalarini rasman taqdim etdi. Bu dinamikalarning paydo bo‘lishi Cortana pozitsiyasini kuchaytirish sari qo‘yilgan navbatdagi qadam bo‘ldi. Yaqin oylarda biz boshqa ishlab chiqaruvchilarda ham shunday qurilmalarini ko‘rishga muvaffaq bo‘lsak kerak.
Shuningdek Microsoft ishlab chiqaruvchilar uchun Cortana bilan ishlash bo‘yicha jihozlar to‘plamini ishlab chiqmoqda va biz bu kelgusi qurilmalar uchun salohiyatli integratsiya namunalarini ko‘rishni kutmoqdamiz.
Bing botlari
Build 2016'da Microsoft sun'iy intellekt va botlarga e'tibor qaratgan edi, bu yil ham shu texnologiyalarga oid biror yangilik ko‘rsatilishi kutilmoqda. Microsoft dasturchilarga Bing qidiruvi natijalari asosida botlar qo‘shishga ruxsat berishni rejalashtirmoqda, shunda kompaniyalar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri qidiruv tizimining "ichida" muloqot qilish imkoni paydo bo‘lardi.
Microsoft Office
Microsoft korporatsiyasi Windows Store'da Office'ning to‘liq funksiyali versiyasini kiritmoqda, bugun Microsoft Office'ning kelajagi haqida ma'lumot olishimiz mumkin. Kompaniya o‘zining barcha Build anjumanlarida Office'ga u yoki bu shaklda katta e'tibor qaratmoqda va bugun biz Office 365 haqida yangiliklar eshitishimiz hech gap emas.
Microsoft Edge uchun veb-ilovalar
Microsoft bugun o‘zining Edge brauzeri kelajagi haqida batafsil ma'lumot berishi kutilmoqda. Biz kompaniya kengaytmalarning boshqa ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘llanishi va umuman, veb-ilovalar bilan bog‘liq rejalari haqida ko‘proq ma'lumot olishga umid qilamiz.
Aralash reallik
Microsoft hamkorlari shu yilning oxirida Windows 10'ni qo‘llab-quvvatlovchi aralash reallik ko‘zoynaklarini yetkazib berishni boshlashni rejalashtirishmoqda.
Shu munosabat bilan kompaniya bugun yangi garnituralar, shu jumladan HoloLens bilan ishlovchi muayyan ilova va funksiyalar haqida so‘zlab berishi mumkin.
Hech qanday yangi "temir"
Microsoft bugun qandaydir yangi qurilmalarni namoyish etishi dargumon. Kompaniya bunday taqdimotlarni 23 mayda Shanxeayda bo‘ladigan tadbirida o‘tkazsa kerak. U yerda kompaniyaning yangilangan Surface Pro 4 taqdim etishi kutilmoqda, uning nomi shunchaki Surface Pro bo‘lishi taxmin qilinmoqda. U uzoq vaqt davomida avtonom ishlash xususiyati bilan ajralib turadi va Intel'ning eng yangi Kaby Lake protsessorini qo‘llaydi.