Apple uyquni kuzatib boradigan qurilma ishlab chiqaruvchisini xarid qildi

Fan-texnika 19:11 / 10.05.2017 3136

Apple uyquni kuzatib borish bo‘yicha qurilma ishlab chiqaruvchisi Beddit’ni xarid qildi. Kompaniya gadjyeti - Beddit 3 – foydalanuvchining uyqusi vaqti va hajmini tahlil qiladi, shuningdek uni organizm uchun eng qulay bo‘lgan paytda uyg‘otadi.

Amerikaning Apple korporatsiyasi qurilma va uning dasturiy ta'minoti ishlab chiqaruvchisi sotib olgan. Bu haqda TechCrunch xabar berdi. Beddit’da  ham bu xabarni tasdiqlashdi. Kelishuv tafsilotlariga oydinlik kiritilmagan.

Kompaniya xabarida ko‘rsatilishicha, endilikda foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumoti Apple’ning tegishli siyosati asosida yig‘iladi, foydalaniladi va kerak bo‘lganda taqdim etiladi. Beddit mahsuloti Apple Store’da 2015 yilda paydo bo‘lgan, deya eslatadi nashr.

 

Ko‘proq yangiliklar: