Toshkentda 9 may – Xotira va qadrlash kuni nishonlanishi munosabati bilan urush yillaridagi avtomobillar ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Sputnik ushbu ko‘rgazmadan fotojamlanma tayyorlagan.
"Anhor Lokomotiv" ko‘ngilochar bog‘ida tashkil etilgan ko‘rgazma bunday tadbirlarning uncha ham ko‘p guvohi bo‘lmaydigan poytaxt aholisida katta qiziqish uyg‘otdi. Ko‘pchilik bu yerga oilalari bilan tashrif buyurib, uchta asosiy eksponat – Ikkinchi jahon urushi yillariga mansub, rekonstruksiya qilingan avtomobillar oldida suratga tushishdi.
G‘ildiraklarga o‘rnatilgan haqiqiy dala oshxonasi ham tashrif buyuruvchilar e'tiborini tortdi. Bunday dala oshxonasida Ikkinchi jahon urushi vaqtlarida frontdagi askarlarga taomlar tayyorlangan.
Bog‘ga kirishda davlatimizda uzoq yillardan beri ilk bor odamlarni urush vaqtidagi gimnastyorkaga kiyingan qizlar qarshilashdi, ular bolalarga pufaklar va bayram ramzlarini ulashdilar. Istalgan odam harbiy kiyimdagi bu lobar qizlar bilan suratga tushishlari mumkin bo‘ldi.
Tadbirga urush yillaridagi qo‘shiqlar o‘zgacha joziba berib turdi. Bu qo‘shiqlarni shu yerning o‘zida Retro Uz avtohavaskorlar jamiyati faollari jonli tarzda ijro etishdi.
Bu yerga kelgan keksa onaxonlar esa "Katyusha" qo‘shig‘ini eshitishgach, yoshlik yillarni eslab jo‘shqin raqsga tusha ketdilar. Umuman olganda, bayram urush yillaridagi qo‘shiqlar, o‘sha vaqtdagi harbiy kiyimdagi askarlar va zobitlar bilan nishonlana boshlandi.
Suratlar:Sputnik