Toyota Land Cruiser dunyodagi eng tezyurar krossover bo‘ldi

Fan-texnika 20:19 / 06.05.2017 16674

Toyota Land Cruiser dunyodagi eng tezyurar krossover bo‘ldi. Kaliforniyaning Moxava cho‘lidagi aerokosmik sinov markazining uchish polosasida avtomobilning tyuning qilingan varianti soatiga 370 km tezlikka erisha oldi. Bu esa Brabus atelesi tomondan yaratilgan, V12 motorli Mercedes-Benz GLK krossoveri o‘rnatgan avvalgi rekorddan 31 km ko‘proqni tashkil qilgan.

Avtomobil rulida NASCAR poy  ga seriyasida "Toyota" jamoasi uchun ishtirok etgan sobiq poygachi Karl Edvards bo‘ldi. Rekordni o‘rnatish uchun 4 km lik uchish polosasi hozirlandi: poygachi yuqoridagi tezlikka 2,5 km masofada erisha olishi va qolgan masofa, ya'ni 1,5 km lik yo‘lda xavfsiz to‘xtashi kerak edi.

Foto: motor.ru

Bu natijaga qaramasdan, rasmiy rekord hanuz "Brabus"ga tegishli bo‘lib qolmoqda. Toyota vakillarining aytishicha, Ginness rekordlar kitobida Land Cruiser’ni yo‘ltanlamaslar toifasiga kiritishdan bosh tortishgan. Bundan tashqari, eng tezyurar "Brabus"ni sotib olish mumkin, ushbu "Lend Kruzer" esa faqat yagona nusxada yaratilgan.    

Tezyurar Toyota Land Cruiser loyihasi o‘tgan yil SEMA ko‘rgazmasida ham namoyish qilingandi. Avtomobil 2000 ot kuchiga ega 5,7 litrli, ikkita Garrett turbinasiga ega dvigatel, professional dreg-karlarda qo‘llanuvchi uch pog‘onali uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Bundan tashqari, avtomobil orqa privodli bo‘lib, og‘irligi 2,5 tonnadan ko‘proq bo‘lgan. 

Foto: motor.ru
Foto: motor.ru
Foto: motor.ru
Foto: motor.ru
Foto: motor.ru

 

Ko‘proq yangiliklar: