Apple portativ qurilmalar bozori yetakchisi

Fan-texnika 17:05 / 06.05.2017 5688

Apple kompaniyasi portativ elektron qurilmalar bozorining yetakchisi deya e'tirof etildi. Gap fitnes-bilakuzuklar, smart-soatlar va shu kabi qurilmalar haqida bormoqda. Strategy Analytics tahlilchilari shunday ma'lumot taqdim etishdi. 

Mutaxassislar ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning birinchi choragida Apple 18,2 million qurilmani yetkazib bergan, bu yil esa ushbu ko‘rsatkich oshgan. Natijada korporatsiya bozorning 15,9 foizini egallashga muvaffaq bo‘lgan. 

Ikkinchi o‘rinni 3,4 million qurilmani yetkazgan Xiaomi egalladi (o‘tgan yili - 3,8 million). Ulush 15,5 foizni tashkil qiladi. 

Yetakchilar uchligiga 2,9 million portativ elektron qurilmani yetkazuvchi Fitbit yakun yasadi, u bozorning 13,2 foizini egallagan. 

Bozorning boshqa ishtirokchilari birgalikda 12 million gadjyetni yetkazib berishgan.

Ko‘proq yangiliklar: