Saudiya Arabistoni Tojikistonga 200 mln dollar ajratadi

Fan-texnika 00:58 / 04.05.2017 10374

Saudiya Arabistoni Tojikistonga yangi parlament va hukumat majmualarini barpo etish uchun 200 mln dollarlik grant ajratadi. Bu haqda Dushanbedagi hukumat doiralariga oid manbaga iqtibos keltirgan holda ASIA-Plus nashri xabar bermoqda. 

Tojikistonda yangi parlament majmuasi qishloq xo‘jaligi vazirligi, Dushanbe hokimiyati, Eronning Tojikistondagi elchixonasi o‘rnida quriladi. Qurilish shuningdek boshqa bir qator turar joy binolariga ham ta'sir qiladi. Avvalroq parlament binosi buzib tashlanishi ma'lum qilingandi. Uning evaziga "Do‘sti" maydoni kengaytiriladi.   

Yangi hukumat majmuasi "Rohat" choyxonasi o‘rnida quriladi.

2017 yil yanvarda Saudiya Arabistoniga Tojikiston parlamenti spikeri Shukurjon Zuxurov tashrif buyurgandi. O‘shanda Saudiya Arabistoni qiroli hukumat va parlamentga Tojikiston bilan barcha tomonlama aloqalarni rivojlantirishni tezlashtirish uchun choralar qabul qilish topshirig‘ini bergan.     

Parlament quyi palatasi matbuot kotibi Muhammadato Sultonov Saudiya Arabistoni shuningdek Tojikistondagi gidroenergetika va tog‘-kon tarmoqlarini moliyalashtirishga tayyorligini ma'lum qilgan.    

Ko‘proq yangiliklar: