Facebook'ning oylik auditoriyasi 2 milliardga yaqinlashdi

Fan-texnika 21:50 / 04.05.2017 4691

Facebook foydalanuvchilari soni 17 foizga o‘sib, 1,94 milliard kishini tashkil qildi. Ulardan 1,3 milliard nafari Facebook'ga har kuni kiradi. Ijtimoiy tarmoqning 2017 yil birinchi choragi hisobotida shu haqida ma'lum qilindi. 

Bir yil avval, 2016 yilning I choragida Facebook'ning oylik auditoriyasi 1,65 milliard, kunlik auditoriyasi esa 1,09 milliard foydalanuvchidan iborat bo‘lgan. 2016 yil oxirida ularning soni 1,86 (oylik) va 1,23 milliard (kunlik) bo‘lgan.

2017 yilning yanvar-mart oylarida Facebook daromadi o‘tgan yilning shu davrdagi ko‘rsatkichlariga nisbatan 49 foizga o‘sgan va 8,03 milliard dollarni tashkil qilgan. Kompaniyaning hisobot davridagi sof daromadi 76 foizga oshib, 3,06 milliard dollarni tashkil qilgan.

Birinchi chorak yakunlariga ko‘ra, Facebook'ning reklamadan tushgan daromadi 51 foizga o‘sgan va 7,9 milliard dollarni tashkil qilgan. Mobil reklama daromadlari ulushi 82 foizdan 85 foizga oshgan va 6,7 milliard dollarni tashkil qilgan.

Kompaniyaning xarajatlari 40 foizga o‘sgan va 4,7 milliard dollarga yetgan. Facebook xodimlari soni 38 foizga oshgan - 18,7 ming kishi.

Facebook moliyaviy direktori Devid Venerning so‘zlariga ko‘ra, 2017 yil davomida reklama daromadi o‘sishi sekinlashadi, kompaniya xarajatlari esa oshadi. Bunga uning bir qator "ijtimoiy foydali tashabbuslar"ni rejalashtirgani sabab qilib ko‘rsatilgan.

Ko‘proq yangiliklar: