Britaniyada “plastikli” yo‘l paydo bo‘ldi

Fan-texnika 13:20 / 03.05.2017 7058

Shotlandiyaning MacRebur startapi maxsus asfalt qorishmasini ishlab chiqdi, unda qayta ishlangan plastikdan foydalanildi. Yangi qoplamali ilk yo‘l Buyuk Britaniya shimoli-g‘arbida joylashgan Kambriya grafligida paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda BBC.

Ishlab chiqaruvchilar qorishmaning aniq tarkibiga oydinlik kiritishmadi, biroq qayta ishlangan plastik bitum – neftni qayta ishlash paydo bo‘luvchi va qoplamani qotishiga yordam beruvchi mahsulotni almashtirgan. MacRebur’da bitumning o‘rniga maxsus mayda qumoqlardan foydalanishdi, ular plastik chiqindilardan tayyorlangan.

Kompaniyadan ma'lum qilishlaricha, “plastik” yo‘llar an'anaviy asfalt qoplamadan 60 foizga chidamliroq va 10 barobar ko‘proq muddat davomida xizmat qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: