​Yaponiyada lyuks poyezd ishga tushdi: chiptalar 31,5 mln. so‘mgacha

Fan-texnika 21:26 / 03.05.2017 22109

East Japan Railway termiryo‘l kompaniyasi qimmatbaho xizmat turi —shaffof vagonlari vanna va oshpazlar bilan ta'minlangan Train Suite Shiki-shima poyezdida Yaponiya bo‘ylab sayohatni taklif etmoqda.

Boylar uchun kupe

Train Suite Shiki-shima poyezdi futuristik dizayndagi 10 ta vagondan iborat. Ular jami bo‘lib 34 yo‘lovchini o‘z bag‘riga sig‘diradi. Vagonlar qulay sayohat uchun mos qilib, qimmatbaho materiallar bilan jihozlangan. Eng qiziqarli joylari birinchi va so‘nggi vagonlarda: U vagonlarda ulkan panoramali derazalar mavjud bo‘lib, Yaponiya manzaralarini bemalol tomosha qilib ketish mumkin, deb xabar beradi Mashable.

Train Suite Shiki-shima poyezdida turli xil sinflardagi bo‘lmalar mavjud. Eng qimmatbaho bo‘lma uch xonadan iborat: yotoqxona, mehmonxona va vanna. Ularning dastlabki ikkitasi turli qavatlarda joylashgan.

 

 

Xo‘sh, qancha turar ekan?

Narxi qimmatligiga qaramasdan, lyuks sayyohligi Yaponiyada juda mashhurlashib bormoqda. Train Suite Shiki-shima poyezdining barcha chiptalari allaqachon 2018 yilgacha sotib bo‘lingan. Train Suite Shiki-shima ilk yo‘lovchilari 1 may kuni Yaponiya bo‘ylab sayohatga chiqishdi.

Yaponiya sharqi bo‘ylab uch kunlik sayohat eng qimmatbaho bo‘lmada million iyena — 31,5 million so‘mga tushadi. Arzonroq variantdagi bo‘lmalarga chiptani 15,75 million so‘mga xarid qilish mumkin.

Poyezdning ichi mana shunday ko‘rinishga ega:

Suratlar manbasi: Mashable 

Ko‘proq yangiliklar: