Twitter Eron oliy yetakchisining arabcha sahifasini muzlatib qo‘ydi

Fan-texnika 19:28 / 02.05.2017 5583

Twitter ijtimoiy tarmog‘i Eron oliy rahnamosi, oyatullo Ali Xamenaiyning arab tilidagi sahifasini muzlatib qo‘ydi. Unda yangiliklar arab tilida e'lon qilinar edi, deb xabar qilmoqda Mehr agentligi.

Ayni vaqtda Twitter ushbu qarori sababini ma'lum qilmagan. Shu bilan birga, oyatulloning yangi sahifasi ish boshlagan. 

Agentlikka ko‘ra, avvalroq, Eron oliy ruhoniysining arab tilida yuritiladigan sahifasiga bir necha marotaba xakerlik hujumlari uyushtirilgan. 

Ali Xamenaiyning, shuningdek, ingliz, fransuz, ispan tillarida faoliyat yurituvchi Twitter sahifalari mavjud. 

Ko‘proq yangiliklar: