Bir soniyada 5 trillion kadrni muhrlay oluvchi kamera yaratildi

Fan-texnika 20:21 / 02.05.2017 6486

Soniyasiga bir necha ming kadrni suratga oluvchi yuqori tezlikdagi kameralar anchadan beri qo‘llanib kelinmoqda. Bunday qurilmalar narxi baland, albatta, shunday bo‘lsa-da, ular eng tezkor harakatlar va sahnalarni ham mayda detallargacha aks ettirish imkonini beradi. Masalan, yorilayotgan havo shari yoki suvga tushayotgan tomchi va h.k. Biroq videoyozuv tezligini yorug‘lik nuri harakatini ilg‘ay oladigan darajada oshirish mumkinmikan? Shvetsiyalik olimlar obektlarni misli ko‘rilmagan chastotada - soniyasiga 5 trillion kadrgacha tasvirga olish imkonini beruvchi innovatsion texnologiyani ishlab chiqishdi. Hi-News shu haqida ma'lumot berdi. 

Shvetsiyaning Lunda Universiteti olimlari soniyasiga 5 trilliongacha kadrni muhrlashga qodir yangi kamerani namoyish qilishdi. Bundan avvalgi rekord yaponlarga tegishli bo‘lib, ularning qurilmasi soniyasiga 4,4 trillion kadrni muhrlay olardi. 

hi-news.ru

Bunday yuqori tezlikka erishish uchun kamera an'anaviy s'yomka modelidan chekindi. Endilikda har bir kadr biryo‘la bir necha ma'lumotni o‘zida jamlaydi. Kameraning lazer chaqmoqlari tasvirga olinayotgan obektni bir necha barobarga yoritadi. Bunday kameraning yaratilishi olimlar uchun yangi imkoniyatlarni ochadi - bundan buyon har bir pikosoniya va hatto femtosoniyada ro‘y berayotgan hodisalarni muhrlash mumkin, axir.

Tadqiqotchilar bu kameradan plazma harakatlari, turli kimyoviy reaksiyalar jarayonlari, shuningdek kvant hodisalarning hayotiy siklini o‘rganishda foydalanishni rejalashtirishmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: