Beeline Andijonning 2 tumanida aloqa ishlamay qolgani haqidagi gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi

Fan-texnika 19:55 / 02.05.2017 8418

Andijon viloyatining Marhamat va Buloqboshi tumanlari ba'zi hududlarida Beeline kompaniyasi tomonidan taqdim etiluvchi mobil aloqasi sifatida yomonlashgani haqida murojaatlar kelib tushdi. 

Kun.uz ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida kompaniya bilan bog‘landi. Kompaniyaning tashqi aloqalar va kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Oraz Abdurazakovning ta'kidlashicha, Andijon viloyatining ushbu tumanlari ma'lum qismlarida haqiqatdan ham ovozli aloqa va data-servisni taqdim etish darajasi qisqa muddat davomida pasaygan. 

“Bu aloqa sifatini yaxshilashga qaratilgan yangi radioreleyli oraliqlarni ishga tushirish bilan bog‘liq. Ayni damda barcha uskunalar muvaffaqiyatli ravishda o‘rnatildi, hamda xizmatlar to‘la hajmda tiklandi”, - deya aytib o‘tdi Abdurazakov.

Ko‘proq yangiliklar: