AQShning Portlend shahrida tartibsizliklar yuz berdi

Foto: AP
AQShning Portlend shahrida (Oregon shtati) 1 may namoyishlari vaqtida tartibsizliklar yuz berdi. Qoidabuzarlar politsiya mashinasiga o‘t qo‘yishgan, politsiyachilarga toshlar, tutun shashkalari va "Molotov kokteyllari" uloqtirishgan, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Huquq-tartibot idoralarida ko‘plab vayronagarchilik holatlari yuz bergani ma'lum qilingan. Politsiya orasida jarohatlanganlar borligi borasida aniqlik kiritilmagan.
Bir necha bezorilar qo‘lga olingan. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, kamida 9 kishi hibsga olingan.
Namoyishlarda bir qator siyosiy kuchlar vakillari ishtirok etishgan. Namoyishchilar AQSh migratsiya siyosatiga qarshi chiqishgan hamda ishchilar sharoitlarining yaxshilanishini talab qilishgan.
Mavzuga oid

00:40 / 03.02.2025
Gurjistonda namoyishga chiqqan o‘nlab muxolifat vakillari hibsga olindi

22:42 / 13.01.2025
Bryusselda pensiya islohotiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi

20:37 / 11.01.2025
Mo‘g‘ulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi

21:21 / 30.11.2024