Apple kompaniyasi AQSh tovar belgilari va patentlar bo‘yicha Idorasiga yangi tizim bo‘yicha patent yubordi. U iPhone’ni simsiz Wi-Fi tarmog‘i orqali quvvatlantirish imkonini beradi. Qurilmani quvvatlantirish uchun, uni yaqin orada joylashgan routerga ulash kifoya. Bu haqda AppleInsider xabar berdi.
Patent izohida aytilishicha, bu “simsiz quvvatlantirish qurilmasi va ikki chastotali patch-antennalarga ega aloqa tizimi” bo‘lib, sodda til bilan aytiladigan bo‘lsa: bu quvvatni elektron qurilmalar o‘rtasidagi ma'lumotlar almashishda foydalananiladigan chastotalar yordamida berishga mo‘ljallangan qurilmadir.
Hujjatda ko‘rsatilishicha, tizim standart 60 GGts diapazonida ishlaydi. U quvvatni simsiz uyali aloqa apparatlari (700 MGts.dan 2700 MGts.gacha) va Wi-Fi-tarmoqlari (2,4 GGts va 5 GGts) orqali berishi mumkin. Taxminlarga ko‘ra, bu ayfonni routerdan yaqin masofada quvvatlantirishga imkon beradi.
Uzatmalar uskunasida yo‘nalish diagrammasining boshqariluvchi holatiga ega antenna o‘rnatiladi, u ayfonga aniq signal berish va uni masofadan turib quvvatlantirishga imkon beradi. Ayni damda Apple’da Apple Watch’ni quvvatlantirishda qo‘llaniladigan simsiz magnitli stansiya bor.
Patent chizmasiga ko‘ra, smartfonlardagi antenna qurilmadagi ma'lumot uzatish uskunasiga ulanadi. Bu ayfonni xonada turgan yo‘naltirgich orqali quvvatlantirish imkonini yaratadi. Hozircha patent qurilmalarni simsiz quvvatlantirish texnologiyasi haqida ma'lumotlar yig‘indisi, xolos. Hujjatda Apple signalni patch-antenna orqali qanday uzatib bermoqchi ekaniga oydinlik kiritilmagan.