SpaceX xususiy kompaniyasi yakshanba kuni AQSh razvedkasi uchun maxfiy sun'iy yo‘ldoshni ilk bor uchiradi. Bu haqda Space Flight Now portali Falcon 9 raketa-tashuvchisining seshanba kuni o‘tkazilgan sinovlari yakuni bo‘yicha xabar berdi.
"O‘t oldirish bilan bog‘liq sinov yakunlandi. NROL-76 missiyasini yakshanba, 30 aprel kuni uchirishni mo‘ljallaganmiz", - deya xabar berdi kompaniya Twitter’dagi sahifasida. Ta'kidlanishicha, bu kompaniyaning “milliy razvedka boshqarmasi uchun maxfiy yukni” ilk bora uchirishi bo‘ladi.
Maxfiy sun'iy yo‘ldoshli raketa-tashuvchining starti yakshanba kuni Florida shtatining Kanaveral burunidan AQSh Shimoliy qirg‘og‘i vaqti bo‘yicha soat ertalabki 7-9 lar oralig‘ida amalga oshiriladi.
"NROL-76’ning muvaffaqiyatli parvozi milliy xavfsizlik sohasida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yuqori qiymatli shartnomalar uchun eshik ochadi", - deya ta'kidlaydi Nasa Space Flight onlayn-nashri. Ayni damga qadar AQSh harbiylari uchun parvozlar United Launch Alliance xususiy kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan.
Ma'lumot uchun, Falcon 9’ning har bir startidan avval parvozdan avvalgi o‘t oldirish sinovi o‘tkaziladi. O‘tgan yilning sentabrida shunday tajriba davomida raketa portlab ketgach, kompaniya ularni foydali yuklamasiz o‘tkazadigan bo‘ldi.