Xitoyliklar xavfsizlik tizimiga ega mashinani 30 soniya ichida olib qochish mumkinligini ko‘rsatishdi

Fan-texnika 23:41 / 26.04.2017 8751

Pekindagi Qihoo 360 firmasi mutaxassislari zamonaviy mashinalar xavfsizlik tizimida jiddiy zaif joy borligini ko‘rsatishdi. Bu kamchilik jinoyatchilarga mashinani juda qisqa vaqt ichida olib qochishlariga imkon beradi.

Xitoyliklar Amsterdamda o‘tayotgan Hack in the Box anjumanida buni isbotlab berishdi. Mashina o‘g‘rilari rolini o‘ynagan ikki kishi maxsus qurilmalar yordamida avtomobil egasidagi pult signalini o‘zgartirib, mashina ustidan nazoratni o‘z qo‘llariga olishgan. Bu operatsiya uchun bor-yo‘g‘i 30 soniya kifoya qilgan. 

Qihoo 360 vakillarining aytishicha, ular yiqqan xakerlik qurilmasining tannarxi bor-yo‘g‘i 22 dollarni tashkil qiladi. 

Ko‘proq yangiliklar: