GM Uzbekistan yangi avlod Chevrolet Malibu avtomobillarini ishlab chiqaradi

Fan-texnika 23:01 / 26.04.2017 69758

GM Uzbekistan aksionerlik jamiyati butunlay yangilangan Chevrolet Malibu bizness-toifa sedanini ishlab chiqarishga kirishdi. Bu haqda kompaniyaning Facebook'dagi sahifasida ma'lum qilindi.

Yangi avlod sedani yanada tejamkor va texnologik jihatlarga boyitildi. Bundan tashqari undagi xavfsizlik va qulaylik ko‘rsatkichlari oshirildi. Avtomobillarni SKD texnologiyasi bo‘yicha yig‘ish GM Uzbekistan’ning Toshkentdagi filialida amalga oshiriladi.

Yangi model avvalgisidan eksterer va interer jihozlari bilan tubdan farq qiladi. Shuningdek undagi elektron tizimlar ergonomika va funksionalligi yaxshilangan.

Chevrolet Malibu yangi avlodi O‘zbekiston bozorida to‘rt xil rangda ishlab chiqariladi (oq marvarid, oq tutun, to‘q kulrang va qora). 

Manbaga ko‘ra, yangi avtomobilni yetkazish muddati uch oydan oshmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: