GM Uzbekistan kompaniyasi o‘zi ishlab chiqaradigan transport vositalarining ranglariga doir qiziqarli ma'lumotni taqdim etdi. Unga ko‘ra, kompaniya avtomobillari ranglarining to‘plami 12 tusdan iborat.
Avtomobillarning 97 foizi 6ta eng ommabop rangga bo‘yaladi. Bular tutunsimon oq rang, to‘q kulrang, kumushrang, qaymoqrang, inju-kulrang, qora ranglardir.
GM standartiga ko‘ra, ishlab chiqarilayotgan avtomobillar bo‘yalayotgan 3 foiz ranglar ishlab chiqarishdan olinadi. Shunga qaramay, mijozlarning xohish-istaklaridan kelib chiqqan holda, GM Uzbekistan avtomobilning barcha ranglariga ega.
Shu bilan birga, yangi tuslar joriy qilinmoqda. Xususan, kompaniya 2016 yil sentabridan «inju-mallarang», qora, kulrang, qizil va ko‘k ranglarning yangi namunalarini joriy qildi.