Buyuk Britaniyada uch superkar «ijtimoiy xavfli boshqarilgan»ligi uchun musodara qilindi

Fan-texnika 22:57 / 25.04.2017 5270

Saut-Yorkshir politsiyasi o‘zining Facebook’dagi sahifasida «ijtimoiy xavfli boshqarilgan»ligi uchun uch superkar musodara qilinganini ma'lum qilgan. Avtomobilni boshqarayotgan haydovchi M1 shossesidagi harakatga xalaqit bergan, bu haqda politsiyachilarga bir necha guvohlar xabar qilgan.

Tartib posbonlari sariq tusli Lamborghini Aventador (suratlarga ko‘ra rodster), oq Ferrari (458 Italia’ga o‘xshayapti) va yashil rangli McLaren 570S ni ushlashganini qayd etishgan. Superkarlar haydovchilari shosseda harakatlanish mobaynida yo‘lning qatnov qismini butunlay egallab olishgan, so‘ngra keskin tormoz berib, oldinda ochilgan yo‘l bo‘ylab katta tezlikda harakatlanishgan. Ular bu ishni bir necha marta takrorlashgan va M1 shossesidagi boshqa haydovchilar politsiyaga qo‘ng‘iroq qilishga majbur bo‘lishgan.

«Maklaren»ga yopishtirilgan yorliq mashinalar Performance Portfolio firmasidan ijaraga olinganini bildirib turardi. Bu uch superkardan tashqari, tashkilot Lamborghini Gallaro Superleggera va Huracan, Audi R8 V10 Spyder, shuningdek, Carrera 4S, Aston Martin Virage va Nissan GT-R kabi mashinalarni ham ijaraga beradi.

Olib quyilgan avtomobillar nima qilinishi, qoidabuzarlarga nisbatan qanday jazo qo‘llanilishi haqida aniq xabar berilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: