Apple rahbari Tim Kuk 2015 yilda Uber asoschisi Trevis Kalanikka uning ilovasini App Store'dan o‘chirib tashlash bilan tahdid qilgandi, zero kompaniya iPhone egalarining konfidentsialligi to‘g‘risidagi qoidalarni buzgan. The New York Times shu haqida xabar berdi.
Kuk Kalanikni o‘z idorasiga chaqirgan, zero u Kalanikning App Store moderatorlari Uber'ning kuzatish vositalarini aniqlay olmasligi uchun o‘z xodimlariga ilovada zaiflik topish topshirig‘ini berganidan xabar topgandi. Uber'da ta'kidlanishicha, foydalanuvchilarni kuzatish dasturi asosan xitoylik taksi haydovchilarining firibgarligiga chek qo‘yish maqsadida qo‘llangan.
Nashrda ma'lum qilinishicha, vosita smartfon egasi hatto Uber ilovasini o‘chirib tashlaganidan keyin ham uni kuzatishda davom etgan.
Kalanik Kuk bilan uchrashib, tavakkal qilmaslikka qaror qilgan va dasturga chek qo‘ygan, chunki Uber uchun App Store'dan o‘chirilish butun dunyo bo‘ylab millionlab mijozlarning yo‘qotilishini anglatar edi.