Beeline barchani xalqaro Usenet 2017 digital-anjumaniga taklif etadi 

Fan-texnika 16:38 / 24.04.2017 4583

Beeline kompaniyasi 25 aprel kuni barchani xalqaro Usenet 2017 digital-anjumaniga taklif etadi. To‘rtinchi marotaba uyushtirilayotgan konferensiya yangilangan ko‘rinishda o‘tadi: ikkita parallel sessiya, davra suhbati va yana boshqa ko‘plab tadbirlar.

Bu yilgi asosiy mavzular: digital-iqtisodiyot, elektron tijorat, mobayl, zamonaviy reklama texnologiyalari, bozorni o‘rganish, marketing, media, PR.

Usenet – bu digital olamiga sho‘ng‘ish, yangi amaliy munosabatlarni o‘rnatish, qiziqarli bahslarda ishtirok etish, hamkasblar bilan tajriba almashish imkoniyatidir.

Faqat shu yerda siz Internetda biznesni rivojlantirish uchun amaliy maslahatlar va samarali yo‘l-yo‘riqlar olishingiz mumkin.

Ma'ruzachilar – shu kabi tadbirlarda muntazam chiqish qiladigan mutaxassislardir. Ular o‘nlab muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirganlar. Ularning bilimlari va tajribalari juda noyob, tinglovchilar bilan bo‘lashadigan vositalarini esa, amaliyotga darhol tatbiq etish mumkin. 

Konferentsiya tashkilotchisi – Ledokol Group agentligi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va UZINFOCOM markazi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda. 
Konferentsiyaning bosh homiysi – Beeline Uzbekistan. Bosh homiy — Beeline Uzbekistan. Konferentsiya homiylari: “Click” mobil bank tizimi va “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i. Bosh axborot homiysi — “Yandex”.

Konferentsiya borishini tadbirning sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi Usenet sahifasi, info-sheriklar saytlarida va Telegram-kanal orqali kuzatish mumkin.

Eslatib o‘tamiz: Tadbirda qatnashish bepul. Kirish qat'iyan taklifnomalar asosida. Ishtirok etish uchun konferensiya saytida ariza berish zarur. 

O‘tkazish sanasi va joyi: 25 aprel, International Hotel Tashkent mehmonxonasi.
Vaqti: 8:30dan 17:30gacha.

Batafsil ma'lumotlar: usenet.uz saytida.

Ko‘proq yangiliklar: