Germaniya hukumati 2016 yilda kompyuter firibgarligi, josusligi va boshqa kiberjinoyatlar bilan bog‘liq 82 mingtadan ko‘proq holatni qayd qilgan. Bu esa 2015 yilga nisbatan 80 foizga ko‘proqni tashkil qiladi, deb xabar bermoqda Venture Beat nashri.
Bundan tashqari, nemis politsiyasi internet yordamida amalga oshirilgan 253 mingta jinoyat haqida ma'lum qilgan, bu esa 2015 yilga nisbatan 3,6 foiz ko‘proqni tashkil qilgan. Germaniya ichki ishlar vaziri Tomas de Mezer yaqin orada bu borada yangi ma'lumotlarni chop etishi kerak.