Mitsubishi Xitoyda dvigatellar ishlab chiqaruvchi ilk zavodini quradi

Fan-texnika 11:20 / 23.04.2017 3354

Yaponiyaning Mitsubishi kompaniyasi Xitoyda dvigatellar ishlab chiqaruvchi o‘zining ilk korxonasini qurishni rejalashtirmoqda. Bu dvigatellar shu yerda yig‘iluvchi Outlander krossoverlariga o‘rnatiladi. Bu haqda Nikkei nashri xabar bermoqda

Xunan viloyatida barpo etiladigan zavodning qurilishi bir yil ichida boshlanadi va uning ishlab chiqarish quvvati yiliga 150 mingta dvigatelni tashkil qiladi. Loyiha qiymati 10 mlrd yyenga (92 mln dollar) baholangan. Shu zavod evaziga kompaniya Xitoyda o‘z mavqeini mustahkamlamoqchi va dvigatellarning Yaponiyadan keltirilishi bilan bog‘liq xarajatlarni qisqartirmoqchi.

Xitoyda Outlander krossoverlari Mitsubishi va Guangzhou Automobile Group (GAC) kompaniyalari qo‘shma korxonasida ishlab chiqariladi. 

Mutaxassislarning fikricha, 2020 yilga kelib Xitoyda yangi avtomobillar savdosi joriy yilga nisbatan 10 foizga oshib, 30 mln donadan ko‘proqni tashkil qiladi. Bunda bozorning eng katta ulushi aynan krossoverlarga to‘g‘ri keladi.

Ko‘proq yangiliklar: