Mask 4 yil ichida inson miyasi va kompyuterni birlashtirmoqchi

Fan-texnika 18:19 / 21.04.2017 9906

Tadbirkor Ilon Mask “neyron to‘r”ni ishlab chiqishni boshlagan Neuralink loyihasida rahbar o‘rnini egallashini tasdiqladi. Bu haqda TechCrunch xabar bermoqda.

“Neyron to‘r” inson miyasi va mashinaning ehtimoliy simbiozini (ikki xil organizmning muayyan bir muhitda bir-biriga foyda yoki zarar keltirib, birga yashashi) ta'minlashi hamda keyinchalik sun'iy idrokdan miya faolligini oshirishda foydalanishni yengillashtirishi lozim. Bundan tashqari, Neuralink texnologiyasi tegishli tibbiy testlardan so‘ng, davosi og‘ir bo‘lgan kasallikdan aziyat chekuvchi ishlarga yordam berishi ham mumkin. Mask yangi startap ishi natijalari yaqin to‘rt yil ichida taqdim etilishiga va'da berdi.

 

Ko‘proq yangiliklar: