Avtomobil jarimasini to‘lashdan to kartadan-kartaga pul o‘tkazishgacha: Bari MBank mobil ilovasida

Fan-texnika 16:34 / 20.04.2017 20681

Texnologiyalar rivojlanib borgani sari insonlar hayoti bir qadar qulaylashib bormoqda. Endilikda biz kommunal xizmatlarga, turli jarimalarga, ta'lim shartnomalariga yoki yana boshqa turdagi to‘lovlarni to‘lash uchun uzundan-uzun navbatlarga turishimiz ham shart emas.

Masalan, yaqinda poytaxt yo‘llarida ish boshlagan kameralar avtomobilingiz uchun jarima qayd etsa, uni to‘lagani YPX bo‘linmasiga borishingiz kerak ham emas. Bor-yo‘g‘i o‘z telefoningizga MBank’ning mobil ilovasini yuklab olishingiz va ro‘yxatdan o‘tishingiz kifoya:

Ushbu mobil ilovani Google Play Market () yoki App Store’dan yuklab olishingiz mumkin.

Bu ilova butun O‘zbekiston bo‘ylab, hattoki internet sifati past bo‘lgan joylarda ham yaxshi ishlaydi. Undan yurtimizdagi deyarli barcha xizmatlar va tashkilotlarga to‘lovlarni amalga oshirish uchun foydalanish mumkin.

Hozirda MBank to‘lov tizimi quyidagi to‘lovlarni internet orqali amalga oshirish imkonini beradi:

  • Kartadan-kartaga pul o‘tkazish;
  • Mobil va shahar telefon aloqasi;
  • Internet provayderlari;
  • Televideniye to‘lovlari;
  • Turli saytlarga to‘lov xizmatlari;
  • Kommunal xizmatlar;
  • Kitob xarid qilish;
  • Video kuzatuv tizimlari to‘lovi;
  • Sud qarori jarimalari;
  • Sug‘urta, soliq va kredit foizi to‘lovlari;
  • Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar.

Shu qatorda siz MBank mobil ilovasi yordamida, kredit foizlarini, sug‘urta to‘lovlarini ham to‘lay olasiz.

Yana, bir nechta pullik internet saytlariga ham to‘lov qilishingiz mumkin, masalan: OLX, «Odnoklassniki», MyJob, «Gosuslugi» va boshqalar.

Hattoki, Bringo.uz yoki «Yaponamama» kabi uyga yetkazib berish xizmatlaridan foydalana olasiz.

To‘lovlar MBank Uzcard mobil ilovalari va oplata.uz sayti orqali tez, qulay va xavfsiz tarzda amalga oshiriladi. Tizim to‘lovlar holatini nazorat qilish imkonini beradi, amalga oshirilgan barcha to‘lovlar hisoboti va hisobingizda qolgan mablag‘ haqida doimiy ma'lumotga ega bo‘lib borasiz.

Tizimga O‘zbekistondagi barcha uyali aloqa operatorlari va internet xizmati provayderlari ulangan. Kompaniya yangiliklarini MBank veb-sayti va Facebook’dagi sahifasi orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Ma'lumot uchun telefon: (+998-71) 200-7-200

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: