Tadqiqot: Smartfon va planshetlar bolalarni uyqudan mahrum qiladi

Fan-texnika 22:36 / 18.04.2017 4067

Birbek (London universiteti) somnologlari smartfonlar, planshetlar, elektron kitoblar va boshqa qurilmalarning yorqin ekranlari bolalarning tinchini yo‘qotib, uyqu jarayonining buzilishiga olib kelishini tasdiqlashdi. Olimlarning ma'lumotlariga ko‘ra, 6 oylikdan boshlab bolalarda uyqu yetishmovchiligi kuzatilar ekan. Nature'da shu haqida maqola taqdim etildi. 

Tadqiqot davomida olimlar bolalarning gadjyetlardan foydalanish vaqti, shuningdek ularning tungi va kunduzgi uyqusiga oid ma'lumotlar bilan bo‘lishgan 715 ota-onani so‘roq qilishdi. Ma'lum bo‘lishicha, gadjyetdan foydalanilgan har bir soat uyquning umumiy vaqtini 15,6 daqiqaga qisqartirar ekan. Shu bilan birga tungi uyqu o‘rtacha 26,4 daqiqaga qisqargan, kunduzgi uyqu esa - 10,8 daqiqaga uzaygan.

"Kuniga 10-12 soat uxlaydigan odam uchun bu u qadar ko‘p vaqt emas, biroq bolaning rivojlanishida har bir daqiqa ahamiyatga ega", - deydi tadqiqot hammuallifi Tim Smit. Olim buni "neyroplastiklik" yoki bolaning atrof-muhitdagi yangi holat hamda o‘zgarishlarga javoban yangi neyron aloqalarni shakllantirish xususiyati bilan izohlaydi. Smitning so‘zlariga ko‘ra, hatto kuniga 25 daqiqa gadjyetdan foydalangan bolalar ham odatdagidan 6 daqiqa kam uxlashgan.

Ko‘proq yangiliklar: