Germaniyaning Mercedes-Benz kompaniyasi Shanxay avtoko‘rgazmasida Concept A Sedan sedani prototipini namoyish etdi. U nemis avtomobilsozlik sanoati namoyondasining kelajakdagi ixcham avtomobillari qanday bo‘lishi haqida tasavvur uyg‘otadi.
Prototip gabarit o‘lchamlari 4569*1869*1463 mmni tashkil etadi. Ushbu kontsept-kar dizayniga xos bo‘lgan ilk elementlar shu yilning yanvar oyida Aesthetics Ada namoyish qilgan edi. Uning tashqi ko‘rinishi Mercedes SL va AMG GT R kabi modellarga o‘xshab ketadi.
Albatta, hozircha, bu kontsept-kar, shu sababli kompaniya unga o‘rnatiladigan motor haqida ma'lumot bermagan. Hozirgi seriyali ishlab chiqariladigan Mercedes-Benz CLA 150 va 211 ot kuchiga ega dvigatellar bilan taqdim etilmoqda.
Yangi avlod A-Class MFA modul platformasida ishlab chiqiladi va to‘rt eshikli Audi A3 va BMW 1-Series modellari bilan raqobat qilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, ushbu shassi negizida yo‘ltanlamas ham barpo etiladi. U o‘lchami bo‘yicha B-Class modellariga yaqin bo‘ladi. U GLA modellaridan bir daraja ustun bo‘lishi aytilmoqda.
Seriyali yangi avlod A-Class sedani 2018 yilda ishlab chiqiladi.