Shu kunlarda SpaceX kompaniyasi o‘z saytida Hyperloop Pod Competition tanlovining ikkinchi bosqichi joriy yilning yoz mavsumida bo‘lib o‘tishi haqidagi ma'lumotni joyladi. O‘tgan yili muhandislar umumiy konsepsiyani qog‘ozda taqdim etib, Hyperloop sinov quvurlari ichida kichik aravalarni sinovdan o‘tkazishgan bo‘lsa, bu safar hammasi boshqacha bo‘lishiga va'da berilmoqda, zero ikkinchi bosqichning vazifasi - imkon qadar maksimal tezlikni namoyish qilish.
Ikkinchi bosqich sinovlarida asosan Amerikadagi turli OTMlar mutaxassislaridan iborat 22 jamoa qatnashadi. Ishlanmalar SpaceX'ga tegishli hududlarda, 1,8 diametr 1,5 kilometrli maxsus sinov quvurida sinovdan o‘tkaziladi. Hyperloop sahifasida sinov 2017 yilning 25-27 avgustida bo‘lib o‘tishi ma'lum qilingan.
Hyperloop Pod Competition tanlovi doirasidagi kabinalarning ilk sinovi 2017 yilning yanvarida bo‘lib o‘tgan. O‘shanda tadbirda 27 jamoa ishtirok etdi. SpaceX musobaqa tashabbuskori bo‘lib, kompaniya shu tariqa shu g‘oyaga ko‘proq mutaxassislarni jalb qilib, to‘liq funksiyali prototiplarni ishlab chiqarish jarayonini tezlashtirmoqchi.