Xitoyliklar “barcha holatlarga mo‘ljallangan” elektroven ishlab chiqaradi

Fan-texnika 13:34 / 18.04.2017 7594

Xitoyning Iconiq Motors kompaniyasi Iconiq 7 kontseptual elektrovenning navbatdagi taqdimotini o‘tkazdi va seriyali nusxaning o‘ziga xos jihatlarini ma'lum qildi. CarNewsChina’ning xabar berishicha, model “iqtisodli” va VIP-turlarda chiqariladi, uni yig‘ish ishlari 2019 yilda boshlanadi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoy markasi nusxani tayyorlashda Livanning W Motors firmasi bilan hamkorlik qilgan. U «birinchi arab superkari» Lykan Hypersport’ni taqdim etgan. Shu bilan birga, ko‘rgazmali nusxa Italiyaning Studio Torinio atelesi, negiz va kuch qurilmasi esa yirik avtobrendlar uchun ehtiyot qismlari va avtomobillar ishlab chiqaruvchi Magna Steyr kompaniyasi tomonidan yaratildi.

Seriyali variant 224-kuchli elektr qurilmasi bilan jihozlanadi, yurish masofasi zaxirasi esa 400 kilometrdan ko‘proqni tashkil etadi. Ven quyidagi hajmlarga ega: uzunligi - 4900 millimetr, eni - 1900 millimetr va balandligi - 1860 millimetr. G‘ildirak bazasi 3 ming millimetrga teng.

Iconiq Motors yetti o‘rindiqli Entry modifikatsiyasini, «o‘rtacha» Premium va juda hashamatli to‘rt o‘rinli salonga ega VIP nusxani chiqarishni rejalashtirmoqda. Firma ishlab chiqarishning birinchi yilida 15 ming nusxa yig‘ishni mo‘ljallagan, ularga avtonom boshqaruvning ba'zi funksiyalari tatbiq etiladi.

2020 yilda ven birinchi marta yangilanadi, 2021 yilda esa – yangi batareyalar majmuasi o‘rnatiladi. Feyslift 2022 yilga rejalashtirilgan. O‘sha paytga kelib Iconiq Motors avtomobillarini ishlab chiqarish hajmi yiliga 50 ming mashinaga qadar yetishi kerak.

Shu bilan birga, kompaniya 2023 yilda to‘laqonli avtopilot tizimiga ega Iconiq 7 nusxasini chiqarish niyatida.

Ko‘proq yangiliklar: