Boeing 2017 yilda 100 nafardan ortiq muhandisni ishdan bo‘shatadi

Fan-texnika 12:02 / 18.04.2017 4692

Amerikaning aviatsiya texnikasi ishlab chiqarish bo‘yicha Boeing korporatsiyasi joriy yilda yuzdan ortiq muhandisni ishdan bo‘shatish niyatida. Bu haqda Reuters xabar berdi.

«Biz oldinga qarab harakatlanishda davom etmoqdamiz va Vashington hamda boshqa mintaqalarda ba'zi mutaxassislarni majburiy ravishda qisqartirish bilan bog‘liq ikkinchi bosqichga yaqinlashmoqdamiz. Taxminlarga ko‘ra, qisqartirish qariyb yuz nafar muhandisni qamrab oladi», - deya ma'lum qilishdi kompaniya vakillari.

Shuningdek Boeing vakillarining ma'lum qilishicha, ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish mahsulot sotish sur'atining kamaygani tufayli ro‘y bermoqda.

O‘tgan yili esa, Boeing 777 laynerlarni ishlab chiqarishni qisqartirishi haqida ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: