Eng yirik aloqa operatori Beeline Toshkent shahri abonentlari uchun «Hayot uchun 4G» dasturi doirasida Bir Oy tarif rejasida 4G tarmog‘i uchun qo‘shimcha bepul 750 Mb taqdim etmoqda.
“Abonentlarimiz mobil Internet xizmatlaridan faol foydalanishadi. Biz O‘zbekiston bo‘ylab 4G tarmog‘ini kengaytirishni boshladik, va shu bilan bir qatorda optimal narx evaziga ko‘proq xizmatlarni taqdim etishni istaymiz. Qo‘shimcha trafik mijozlarimizga ma'qul keladi va ular Beeline 4G qoplamining sifati va tezligini yaxshi baholaydilar, deb umid qilamiz”, - dedi Unitel‘ning tijorat direktori Maksim Yefremov.
Aktsiya 2017 yilning 1 aprel kunidan 30 iyun kuniga qadar davom etadi. Batafsil ma'lumot https://beeline.uz va Beeline Uzbekistan mobil ilovasida.