Xitoyda kvant kompyuterini ishlab chiqish borasida ishlar boshlandi

Fan-texnika 16:36 / 15.04.2017 6926

So‘nggi yillarda Xitoy davlati kvant texnologiyalari ishlab chiqish va sohadagi tadqiqotlarga juda katta mablag‘ va zaxiralarini sarflamoqda. 2015 yilning o‘zida shu maqsadga 100 mlrd dollardan ortiq mablag‘ kiritildi. Buning natijasida dunyodagi birinchi kvantli aloqa sun'iy yo‘ldoshining fazoga uchirildi. Keyinchalik, kvantli radar paydo bo‘ldi. Endilikda, Xitoy Fanlar akademiyasi olimlari barcha zamonaviy superkompyuterlarni ortda qoldiruvchi kvant kompyuteri ustida ish boshlab yuborishdi, deb yozmoqda China Daily nashri.

Xitoy Fanlar akademiyasi prezidenti Bay Chunlining izoh beriishicha, kvantli kompyuter Xitoyning «Tyanxe-2» superkompyuteri 100 yilda hal qiladigan masalani soniyaning 1/100 lahzasida hal qiladi. XXRning Lanfan shahrida bo‘lib o‘tgan forumda so‘zga chiqqan Chunlining qayd etishicha, akademiya olimlari bu boradagi tadqiqotlarda katta yutuqlarga erishgani sababli amaliyotda qo‘llashga qaror qilingan. 

Xitoy kvant kompyuterini ishlab chiqish Alibaba internet savdo kompaniyasiga tegishli Kvant hisoblash laboratoriyasi ko‘magida amalga oshiriladi. Hozircha, bunday qurilma qachon paydo bo‘lishi ma'lum qilinmagan. 

Ko‘proq yangiliklar: