Amerikaning elektromobillar ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasi 2017 yil sentabrida yuk mashinasini namoyish etishini ma'lum qilmoqda. Bu haqda kompaniya rahbari Ilon Mask bayonot berdi.
"Rejaga ko‘ra, Tesla yuk mashinasi sentabrda taqdim etiladi, – deb yozgan Mask Twitter sahifasida. – Jamoa ajoyib ishladi".
Tesla Semi truck unveil set for September. Team has done an amazing job. Seriously next level.
— Elon Musk (@elonmusk) April 13, 2017
Maskning fikricha, Tesla yangi darajaga chiqqan.
Mazkur kompaniyaga 2003 yilda asos solingan bo‘lib, dastlab Tesla Motors deb nomlangan edi. Shu yil boshidan Tesla deb ataladigan bo‘ldi. Uning bosh qarorgohi Palo-Altoda joylashgan. Dastlab kompaniya faqat elektromobillar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanar edi, hozirda, u quyosh batareyalari va boshqa turdagi energiya to‘plovchi tizimlarni ishlab chiqarish bilan ham shug‘ullanmoqda.